Kontent qismiga oʻtish

Haku togʻi

Koordinatalari: 36°09′18″N 136°46′17″E / 36.15500°N 136.77139°E / 36.15500; 136.77139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Haku togʻi

Haku togʻining koʻrinishi
Turi Stratovulqon (faol)
Joylashuvi Gifu prafekturasi
Fukui prafekturasi
Ishikava prafekturasi
Yaponiya
36°09′18″N 136°46′17″E / 36.15500°N 136.77139°E / 36.15500; 136.77139
Yaponiya xaritasi

Haku tog'i (yaponcha: 白山 Haku-san?, "Oq tog'"), yoki Hakusan togʻi (odatda oddiygina qilib Hakusan deb ataladi), Yaponiyadagi harakatsiz stratovulqon hisoblanadi. U Gifu va Ishikava chegarasida, Honshu orolida joylashgan. Mount Haku ilk bora 300,000 — 400,000 yil avval portlagan va oʻsha davrda faol vulqonlardan biri boʻlgan, undagi soʻnggi portlash 1659-yilda sodir boʻlgan. Teyt va Fuji togʻlari, bilan bir qatorda u Yaponiyaning "Uch muqaddas tog'" (yaponcha: 三霊山 San-rei-zan?) idan biri hisoblanadi[1].

Togʻning eng baland choʻqqisi, Gozenga-mine (御前峰) ning balandligi 2,702 m (8,865 ft) ni tashkil etadi. Undan tashqari, Ken-ga-mine (剣ヶ峰) choʻqqisi 2,677 m (8,783 ft) va Ōnanji-mine 2,648 m (8,688 ft) balandlikka ega boʻlib, bu uchta choʻqqi „Haku togʻining uchta choʻqqisi (白山三峰 Hakusan San-mine)“ nomi bilan mashxur. Bessan togʻi va Sannomina togʻlari ham baʼzan bu roʻyxatga qoʻshib aytiladi va ular „Haku togʻining besh choʻqqisi“ (白山五峰 Hakusan go-mine) deb nomlanadi.

Haku togʻi juda koʻzga koʻringan va hatto atrofdagi togʻlar qorni yoʻqotganidan keyin ham yaqin atrofdagi qirgʻoqdan oq togʻ koʻrinishida aniq koʻrinib turadi, bu togʻ nomining bir izohi hamdir, yaʼni togʻ nomi „oq togʻ“ degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, Haku togʻi Yaponiyaning 2,000 m (6,562 ft) lik eng gʻarbiy togʻi hisoblanadi.

Tarix va madaniyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shugendo togʻidagi rohib Taicho birinchi marta 717-yilda Hakusan togʻiga koʻtarilgan. Yuzlab yillar davomida odamlar Hakuga (白山信仰 Hakusan Shinkō) ibodat qilish uchun kelishgan. Togʻda Kaga viloyati uchun eng oliy ziyoratgoh boʻlib xizmat qilgan Shirayama Hime maqbarasining filial ziyoratgohi joylashgan. Shirayama Hime ziyoratgohi Yaponiyadagi taxminan 2000 ga yaqin Hakusan shrinelar (yaponcha: 白山神社 Hakusan jinja?) va asosiy shrine (yaponcha: 総本社 sō-honsha?) dan tashkil topgan. 1980-yilda 48 000 ga maydon YuNESKOning Inson va biosfera rezervati roʻyxatiga kiritilgan[2].

Haku togʻi 1955-yilda yarim-milliy bogʻi sifatida belgilangan. 1962-yilda u milliy bogʻga aylandi[1] va Hakusan milliy bogʻi deb nomlandi. Togʻning markaziy qismi juda yuqorilagan relefga ega boʻlganligi sababli, unga borish yoʻllar juda kam va natijada bu hududga odamlarning kelishi koʻrsatkichlari juda past boʻladi. Shuningdek, parkning 38 061ga dan ortiqroq hududi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish maydoni sifatida belgilanishi ham bu yerga insonlarning tashrif buyurishini cheklab qoʻydi. Park hududi togʻ chegaralaridan tashqari Toyama prefekturasiga qadar choʻzilgan[1].

Geologik xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haku togʻini oʻrab turgan hudud Yaponiyadagi mezozoy erasining yura davriga oid koʻrinishlarni oʻz ichiga olgan kam sonli hududlardan biridir. Yaponiyaning dinozavr qoldiqlarining koʻplab namunalari shu hududda topilgan. Yirik togʻ jinslaridan biri Kuvasima hududida joylashgan boʻlib, u „Kuvasima qazilma devori“ (桑島化石壁 Kuvashima Kasekikabe) nomi bilan mashhur.

Togʻ harakatsiz vulqon boʻlganligi sababli, u koʻplab onsenlari bilan nom qozongan.

Haku togʻi oʻzining xilma-xil oʻsimliklari bilan mashhur. Sabō yoʻli boʻylab, Jinnosuke lojasidan oʻtgach, alp togʻlari oʻsimliklari, shu jumladan Ishikava prefekturasi hududidan shokoladli nilufar oʻsimligini uchratish mumkin.

Bu maydonda koʻplab alp oʻsimliklari mavjud boʻlib, ularning nomiga Hakusan soʻzi qoʻshib aytiladi. Bularga Primula cuneifolia (Hakusan Kozakura), Anemone narcissiflora (Hakusan Ichige), Dactylorhiza (Hakusan Chidori), Geranium yesoemse (Hakusan Fuuro) va Rhododendron brachycarpum (Hakusan Shakunage) kabilar kiradi. Bu oʻsimliklarni Yaponiya boʻylab koʻplab togʻlarda uchratish mumkin, ammo ular birinchi marta Hakusan ziyoratgohiga olib boruvchi eski yurish yoʻllari boʻylab topilgan va shu tarzda nomlangan.

Shokoladli nilufar

(Kuro Yuriy)

Primula cuneifolia

(Hakusan Kozakura)

Anemon narcissiflora

(Hakusan Ichige)

Dactylorhiza aristata

(Hakusan Chidori)

Ishikava prefekturasi qushi boʻlmish Oltin burgut Haku togʻi yonbagʻirlarida yashaydi. Gifuning prefektural qushi boʻlgan qoya ptarmigani ham yon bagʻirlarida yashagan. Meiji davrida togʻdagi ptarmiganning papulyatsiyasi butkul yoʻq boʻlib ketgan. Biroq, yaqinda mahalliy aholi tomonidan grouse turini koʻrishganliklari qayd etilgan[3].

Piyoda yurish yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchta eng koʻp ishlatiladigan piyoda yurish yoʻllari bor, bular — Kanko yoʻli (観光新道 Kánkō Shinmichi), Sabō traili (砂防新道 Sabō Shinmichi) va Hirase yoʻli (平瀬道 Hirase-dō). Kanko yoʻli ham, Sabō yoʻli ham Ishikava prefekturasining Hakusan shahridan boshlanadi, ammo Hirase yoʻli Gifu prefekturasidagi Oshirakava toʻgʻonidan (大白川ダム) boshlanadi.

Hudud milliy bogʻ sifatida himoyalanganligi sababli, togʻda juda kam yoʻllar bunyod etilgan. Yuqorida sanab oʻtilgan yoʻllar bir kunda yuqoriga chiqish va pastga tushish uchun yetarlicha oson boʻlsa-da, boshqa yoʻllar tozalanmaganligi va asosan qoʻpol notekis yerlardan oʻtganligi tufayli sayohat ikki yoki uch kun davom etishi mumkin.

  • Hakusan — Yaponiya meteorologiya agentligi (yaponcha)
  •  — Yaponiya meteorologiya agentligi
  • Hakusan — Yaponiya geologik xizmati